avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri.

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
 
 
Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri.
 
Reja:
 1.    Keksalari e’zoz topgan yurt.
 2.    Bobomning o’gitlari – kelajagim poydevori .
 3.    Bobomning mahalladagi o’rni.
 4.   Yurtimizdagi  keksalarning  ikkinchi jahaon  urushida  tutgan  o`rni.
  5.  Qariyalarni  e’zozlab,  duosini  olaylik .
 
    Biz tinch, osoyishta, farovon yurtda yashamoqdamiz. Bizning yurtimizda barcha hur va baxtiyor. Shunday insonlar qatorida keksa nuroniylar ham bor. Bizning yurtimizda qadim – qadimdan keksalarni e’zozlash, ardoqlash yuksak qadriyatlarimizdan biri hisoblanadi. Bugungi kunga qadar, bu sharafli burchni barcha sharaf ila ado etib kelmoqdalar. Keksa nuroninylarni e’zozlash, ularga mehr – muhabbat va g’amxo’rlik ko’rsatish borasida yurtimizda ko’plab ishlar olib borilmoqda. 2002- yil – Qariyalarni qadrlash, 2015 – yil – Keksalarni e’zozlash davlat dasturlarini amalga oshirilganligi shular jumlasidandir. “Keksalarga e’zoz, ehtirom ko’rsatgan insonlar hech qachon kam bo’lmaydi”, — deydilar. Shunday ekan, yurtimizda ularga ko’rsatilayotgan ehtirom maqsadga muvofiqdir. Keksalar bizning, yurtimizning faxri. Shunday ekan, ularni ko’z qorachig’imizdek asrab -  avaylaylik. Ularning duosini olib yashash barchamiz uchun ulkan baxt va bu baxt barchamizga nasib qilsin!
“Qarisi  bor uyning  parisi  bor”, “Qari bilganni  pari  bilmas”  kabi  hikmatli  naqllarning  yillar  mobaynida  hayotda   o`z  isbotini  topib   kelgan  haqiqat  ekanligi  barchamizga  ayondir. Aslida  ham   bir  umr  mehnat  qilib,  farzand tarbiyalab,  el — yurt koriga  yarab  yashayotgan   har   bir  inson  keksayganda  hurmat– izzat  ko`rib,  e`zozlanib, hayotidan   rozi   bo`lib  yashashga  munosibdir.
   Bobomning  yillar to’zonidan o’tgan, hayotning baland– pastliklarini ko’rgan nurafshon yuzlariga boqqanimda, O’zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning ushbu misralari yodimga tushadi:
 
 
 
 
                              Men Vatanni na kitob, na
                              Jaridadan o’rganganman.
                              Momolarning yuzidagi
                              Xaritadan o’rganganman
 
                             Bobolarning tayog’i-yu
                             Chorig’ini ko’rgandayman
                             Men Vatanni so’rilardan
                             So’qmoqlardan o’rganganman
   
 O’zida olam – olam ma’nolarni mujassam etgan bu sherda, go’yo mening qalbimdagi, ya’ni mening yuragimdan taralayotgan hissiyotlar o’z aksini topgandek. Keksalarimiz bosib o’tgan yo’llari, ularning boshidan kechirgan voqialari bizga katta saboq va ibrat maktabi bo’lib xizmat qiladi. Qolaversa, ularning o’gitlari, dono maskahatlari biz yoshlarni nurofshon kelajak sari etaklaydi. Men shuning uchun ham doimo bobomning nasihatlariga amal qilaman. Bobom: “Bilimli inson hech qachon mag’lub bo’lmaydi, shuning uchun o’qib, izlan hech kimdan kam bo’lmaysan ”, — deydilar. Bobomning bu gaplari menga go’yoki qanot bo’ladi. Ularning bu gaplarini eshitishim bilanoq yanada ko’proq o’qishga, izlanishga harakat qilaman. Bobomning nasihatlari – kelajagim poydevori. Shuning uchun men doimo ularga amal qilaman. Chunki, imorat poydevori qanchalik mustahkam bo’lsa, imorat shuncha mustahkam bo’ladi. Shunday ekan, men bobomning nasihatlari asosida yaratilayotgan kelajagim porloq bo’lishiga ishonaman.
    Mening bobom mahallamizning eng keksa nuroninylaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham mahallamizda bobomning hurmati baland. Bobomning ko’pgina yaxshi hislatlari bor. Ulardan biri bu bobomning rostgo’yligi. Bobom insonlarning yaxshi tomonlarini ham, yomon tomonlarini ham yashirmasdan yuzlariga aytadilar. Men bobomning bu hislati bilan faxrlanaman, ammo ba’zi insonlar bobomning bu hislatidan ranjiydilar, lekin bu noo’rin. Chunki tanqid ham insoning yaxshi tomonga o’zgarib, o’z kamchiligini to’ldirishiga ulkan hissa qo’shadi.
 
 
    To’qson ikki yoshni qarshi olgan bobom, hozirda farzandlari va naberalarining mehri qurshovida. Bizning mahallamizda barcha keksalar e’zoz va ehtiromdalar. Mening bobom ham shular qatoridadir. Men bobomni mahallamiz faxri va iftixori deb bilaman va ular bilan faxrlanaman. Keksa nuroniylarimiz baxtimizga doimo sog’, omon bo’lishsin. Ularning yillar to’zonida toblangan yuzlarida hamisha shodlik nur chochib tursin. Har bir insonga keksalik gashtini surish nasib aylasin! Bu kabi tilaklar O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning ushbu she’rida ham aks ettirilgan:
   
                     Har kimning ham sochlariga oq tushsin
                     Ajin tushsin, yuzlariga dog’ tushsin .
                     Har  kimning ham quvvat ketib belidan
                     Qullariga asov bir tayoq tushsin. 
 
 Keksalarni e’zozlash siz – u bizning burchimiz va vazifamiz. Biz ularning qadriga o’z vaqtida yetaylik va ularni qalb qo’rimiz bilan ardoqlaylik.
 
                   Keksalar sanalar mahalla ko’rki,
                   Yurtning obodligi, faxri va fayzi.
                   Oftobday nur sochar ularning yuzi,
                   Keksalar el- yurtning ulkan suyanchi.
 
       Mamlakatimizda  ikkichi  jahon  urushida  halok  bo`lgan  yurtdoshlarimiz  xotirasini yod etish, olovli jangohlardan omon qaytgan, og’ir kunlarni sabr bilan yengan faxriylarimizga yuksak hurmat – ehtirom, mehir – oqibat ko’rsatish milliy qadriyatga aylangan 1999 yili Prizenendimiz tashabbusi bilan 9 – may “xotira va qadrlash kuni” deb e’lon qilinishi, poytaxtimida Xotira maydonining  barpo etilishi mamlakatimizda inson, uning qadr — qimmati bebaho qadryat sifatida e’zozlanishi yana bir bor tasdiqlandi.
 
 
 
 Maydonda“Magu alanga” yodgorligi, Motamsaro ona haykali qad roslagan, Ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan O’zbekistonlik jangchilarning ismi-  familiyasi bitilgan“Xotira kitobi” o’rnatilgan.
 Shu kunlarda bu tabbaruk maskan har qachongidan gavjum. Har birimiz motamsaro ona haykali qarshisida o’yga cho’mamiz. Uning poyiga bitilgan “Sen doyimo qalbimdasan, jigarim” so’zlari millatimizning xalqimizning qurbon bo’lgan farzandlariga cheksiz ehtiromni anglatib, qalblarimizga doimo aks – sado berib   turadi. Naqshinkor ayvonlar ichida jilo taratib turgan Xotira kitoblarini varaqlab, bugungi tinch, farovon kunlarimiz uchun jonini fido etgan bobolarimiz nomini yoddga olamiz.
 Inson xotira bilan tirik, qadri bilan ulug’. barchamiz ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasi yod etilib, olovli jangohlardan omon qaytgan bobolarmizga, og’ir kunlarni sabr bardosh bilan yengan, mashaqqatli daqiqalarda ham o’zligini yo’qotmagan. Yurtdoshlarimizga xurmat — ehtrom mehr – oqibat ko’rsatilayotganiga guvoh bo’lib turubmiz. Unutib bo’lmas kechmish saboqlari shukronaga undaydi.
 Xotira va qadrlash tushunchasi mazmun -  mohiyatida xalqimizga xos ezgu fazilatlar mujassam. Shunday ekan, fashizimga qarshi kurashda jonini fido qilgan yurtdoshlarimiz ruhini yod etish, baxtimizga safimizda omon yurgan nuroniy otaxon va onaxonlarimizni qadrlash har birimiz uchun ham farz, ham qarzdir. 
   Xulosa qilib yatganda, yurtimizda o’tib ketgan otaxon-u onaxonlarimizdan, ularni qilgan ishlaridan faxrlanishimiz kerak. Biz bobolarimiz, buvilarimizni yaxshi ko’rishimiz, doimo ularni ahvollaridan xabar olishimiz kerak. Bizning bobo – buvilarimiz hech qachon yomonlik tilashmaydi. Ular bizga doimo yaxshilik tilashadi. Bizning yurtimizda bobo, buvilarimiz borki, ularni qo’llari duoda. Har birimiz shu yurtda tug’ilganmizdan faxrlanishimiz kerak.
         Prezidentimiz Islom Karimov shunday deydilar: ”Keksalarga e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatish, og’irini yengil qilish, qadrlash va e’zozlashimiz” kerak.
 
 
 
 Keksalar jamiyatning ilg’or hayotiy qatlami sifatida boyligimizdir– ularni asarab– avaylashimiz ham qarz, ham farz. Yurtboshimiz tashabbuslari bilan”Keksalar fazilati-hayotimiz ziynati”, ”Qariyalar mehri xuddi oftobdir”, ”Keksalarga yuksak
 
ma’naviyat belgisi” shiorlari ostida turli xil tadbirlar joriy etildi. Bugun erishayotgan yutuqlarimizda ota-onalarimiz, mo’tabar keksalarimizning unitilmas xizmati bor.Yurtboshimiz mana shunday ulkan, tinch yurtni boshqarsalar hamki, yoshi ulug’ keksalarga suyanar ekanlar. Bobomiz Sohibqiron Amir Temur ham yurtni boshqarishda qariyalardan ko’mak so’ragan ekanlar. Bir kuni shiddatli jang bo’libdi. A. Temur jang ostida qolgan och va tang ahvolda edi. Shunda Temurbek hali yosh edi. Arang borib bir eshikni taqqilatibdi.  Bir onaxon chiqib uni uyiga taklif etibdi unga bir bo’lak non va ozroq ovqat beribdi. Ovqatni yeb bo’lgach, onaxon A. Temurning yarasini malham bilan tuzatibdi. Endi A. Temur ketay deb turganida onaxon– agar Temurbek shoshilmaganida edi, bunday yiqilishlar bo’lmasdi debdi. Onaxon A. Temurni tanimagan edi. Keyin A. Temur u qanday shoshildi deb so’rabdi. Mo’tabar ona agar Temurbek birdan katta hududlarni emas, avval kichik– kichik hudularni egallaganda edi, u hozirgi urushda g’alaba qozonardi, debdi. Shunda Amir Temur men o’sha shoshqaloq Temurbek bo’laman. Men xatoyimni endi tushundim, debdi-yu onaxonga rahmat aytibdi. Shundan buyon keksa qariyalar maslahatini olib ish boshlabdi.
 Prezidentimiz ”Keksalarni e’zozlash” davlat dasturida qariyalar uchun 230 million AQSH dollari ajratilganini qayd etadilar.
 Keksalik  — donolik. Keksalik  — baxt. Ularni e’zozlab duosini olaylik.
 Kekslar duosi oltindan qimmat,
 Siz duo qilsangiz bo’lgay ijobat.
          Gullar o’zingizda fayz-u barokat,
          O’zingiz donishmand, so’zingiz hikmat
          Davr keldi qaddingizni tuting keksalar
          Qarilik gashtini suring keksalar.
 Darhaqiqat, keksalar duosi haqida gap ketganda nuroniy otaxon va onaxonlarimizning yorug’ chehralari ko’z o’ngimizda gavdalanadi. Oltin olma, duo ol,
 
duo oltin emasmi? degan xalqimizning hikmatli so’zlari qulog’imiz ostida jaranglayveradi. Farzandlarim, nabiralarim unib- o’ssin degan bobo- buvilarimiz esa qo’llarini duoga ochib, yaxshi niyatlar qila verishsin, ularning duolarini olib, qobil farzandlar bo’lib voyaga yetaversinlar. Zero, keksalarni e’zozlash biz farzandlarning
 
burchimizdir. Duo olib o’sgan yurtning kelajagi doimo porloq, tanlangan yo’li bexatar bo’ladi. Mo’tabar ota-onalarimizni rozi qilish dunyodagi eng ulug’ va eng savob ishdir.
     Uzoq yashab mehnat qilib
     Ko’pni ko’rgan keksalar
     Yelishganlar oilam deb
      Ham yugurgan keksalar
    Oqil, dono keksalarning duosini olaylik!
   Biz ham elga xizmat qilib o’shalardek bo’laylik
 
 
 
 Buxoro viloyat Buxoro shahar
15 – umumiy o’rta ta’lim  maktabi
  8-  sinf o’quvchisi
 Muxamedjanov Rustam
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Mening bobom, buvim mahallamiz faxri.

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
                              Mening bobom, buvim mahallamiz faxri.
                  
                     Reja:
1.     Mahalla- tarbiya maskani.
2.     Mahalla hayoti – xalq ma’naviyati ko’zgusi.
3.     Qariyalarning  mahall;adagi tutgan o’rni.
 
     Mahalla oila tinch- totuvligini, jipsligini mustahkamlaydigan  maskan va shuningdek, mahalla yoshlarni kasb- hunarga yo’llovchi ishsizlarni  mehnat bilan ta’minlovchi  maskan hamdir. Mahallaning uzoq tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ularning nomi muayyan hunar nomlariga moslashtirilgan. Masalan, zardo’zlik mahallasi, etikdo’zlar mahallasi, duradgorlar yoki temirchilar mahallasi va hokazo. Bugungi mahallarimizda ularning imkoniyati  va hududiy sharoitdan kelib chiqqan holda zardo’zlik, etikdo’zlik, do’ppido’zlik, duradgorlik, temirchilik, beshiksozlik, ganchkorlik kabi kasb-hunar turlari bo’yicha kichik korxonalar, ustaxonalar tashkil etilgan.  Bunday korxonalarning tashkil etishidan, avvalo, mahalla ahli manfaatdor- ularning ma’lum qismi ish bilan ta’minlanadi. Yoshlar kasb- hunar egallab, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalanishi natijasida ularning bo’sh vaqti unumli o’tadi, turli salbiy hatti- harakatlar oldi olinadi. Yurtimizdagi ko’pgina mahallarning yoshlari keshqurunlari tinch, osuda, o’zaro hurmat bilan suhbat qurayotganliklarini ko’rib qalbing quvonchga to’ladi. Bunday ahillik va madaniyatlilik  mahalla faollari ma’naviy- axloqiy tarbiyasining natijasi, shu mahallaning ko’rki va ziynatidir. Mahalladoshlarning har bir yosh taqdiriga javobgarligi ular uchun kiyinishi, yurish-turishini nazorat qilishi
barkamol shaxsni tarbiyalab  yetishtirish omili hisoblanadi.
         Prezidentimizning mahallalardagi ma’naviy muhit sog’lomligi mamlakat hayotida qanchalik muhin rol o’ynashini shunday ta’kidlaydilar: ”Mahallaning  xalq ma’naviyati bilan  bog’liq jihatlari haqida so’z yuritib. Ularni ko’z o’ngimizdan o’tkazib, atroflicha tahlil qilar ekanmiz, hech ikkilamasdan aytish kerakki, biz har qaysi xonadon, butun el-yurtimizdagi ma’naviy iqlim va vaziyatni anglamoqchi bo’lsak,  bu boradagi haqiqiy manzaraning yorqin ifodasini avvalo mahalla hayotida xuddi oynadek yaqol ko’rish imkoniga ega bo’kamiz.  ” O’zbek mahallasi shunday bir dargohki, unda insonlar bir- biri bilan opa- siongil, aka- uka, quad- anda, do’st- birodar bo’lib ketadi. Jonkuyar qariyalarimiz mahallaning oro’yi uchun kurashib, odamlar orasida,quvonch va g’amlarida birga bo’lib, bolalarni farzandlaridek tarbiyalab, kamchiliklarini ham bartaraf etadilar. Mahalladagi qariyalarni qadrlash yoshlarning vazifasi va yoshlarga to’g’ri yo’l ko’rsatish qariyalar zimmasi ekanligini xalqimiz ta’kidlab kelyapti. Ayniqsa, mahallada to’y- marakalar, bayramlar, hayit- u hasharlarda belini belbog’ bilan mahkam bog’lab, shijoat bilan ish boshlaganlarini ko’rib, biz yoshlar ulardan o’rnak olishimiz va  shuningdek, ularning harakatlaridan ibrat olib, komil inson    
bo’lib ulg’ayishimiz hech shubhasizdir. Bobo- buvilarimizdan insonparvarlik ruhi ufurib turgan o’z milliy qadriyatlarimizni qayta tiklash yo’lini  o’rganishimiz mumkin. Har bir mahallada Yoshi ulug’ kimsalar mahallaning barcha yumushiga hamisha tayyor.  Ular mahallaning faxri, mahallalarning yanada yanada obod bo’lishiga  hissa qo’shadigan kimsalardir.  Bobo- buvilarimiz har bir  bolaga umumjamoa joylarda, maktablarda, mahallalarimizda orastalikni saqlashni uqtirib keladilar. Ayniqsa, umumxalq hashari kyunlari jo’shqin shijoat va bahoriy kayfiyat bilan ishlayotgan tengdoshlarimizni  yoki ulug’larni bu ishlarga bosh- qosh bo’layotganligini ko’rib, bizning ham hasharga chiqishimiz tabiiy. Yana biz yoshlarga hashardan maqsad-odamlarning bir- biriga mehr-oqibat, xayr-saxovat, hamjihatlik, insonparvarlik, obodlik, bunyodkorlik kabi ezgu g’oyalar mujassamligini va xalqimizning azaliy qadriyatlariodan ekanligini biz yoshlarga o’rgatishga tolmaydilar.
          O’zbek xalqi azaldan keksalarni e’zozlab, hurmat qilib kelmoqdalar. Shu munosabat bilan Prezidentimiz Islom Karimov  2015- yilni “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qildi. Yoshlar tarbiyasida mahalla va keksalar aloqasi beqiyosdir. Bir bolaga yetti mahalla ham ota ham ona hisoblaymiz. Har bir bola o’z mahallasida kamol topar ekan, unda yashaydigan yosh-u keksadan o’rnak olib, ulg’ayish kerak. Shunday go’zal va beqiyos yurtda yashar ekanmiz, shu yurtning keksalarini e’zozlashimiz, qadrlashimiz, ularning ibratli hayotida doimo o’rnak olishimiz biz yoshlar uchun ham qarz ham farzdir. Biz uchun oilamiz ko’z ochib ko’rgan dargoh bo’lsa, mahallamiz muqaddas vatanimiz ichidagi mo’tabar makon hisoblanar ekan farzand oila bag’rida kamol topsa, oila ham mahalla ko’z oldida barpo bo’ladi. Nafaqat oila, balki mahallaning barpo bo’lishida bob ova buvilarimizning o’rni beqiyos ahamiyatga ega. Chunki ular bor ekan, dono maslahatlari necha yillik tajribalari asosida beradigan o’git-u nasihatlari oila va mahallaning asosiy poydevori mustahkam bo’lsa, u inson uchun ko’p yillar xizmat qiladi.
 
 
 
Buxoro shahar 12-o’rta umumta’lim maktabi
 
       9-“A” sinf o’quvchisi Jumaqulova Ro’zigulning